OMMAVIY SAYYOR QABULDA XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI MUTASADDILARI TOMONIDAN MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILDI

30-may 2022-yil
image

Joriy yilning 25 - 27 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabuli davomida Xalq taʼlimi vazirligi tizimiga oid kelib tushgan 21 ta murojaat o‘rganildi.

photo2022-05-3012-58-39.jpg

Ushbu murojaatlarning 14 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 7 tasi o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan 1-sinfga qabul va uning tartibi, farzandini o‘qishini bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish hamda ish bilan taʼminlash kabi masalalarda murojaat qilindi.

photo2022-05-3012-58-38-2.jpg

Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, shuningdek vazirlik masʼul xodimlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman rahbarlari qabul davomida fuqarolarning barcha murojaatlariga batafsil javob berdi.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu