XALQ TAʼLIMI BOʻLIMLARI XODIMLARI FAOLIYATINI QOʻSHIMCHA MODDIY RAGʻBATLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

31-may 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari xodimlari faoliyati samaradorligini baholash va ularni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida xalq taʼlimi xodimlariga seminar tashkil etildi.

photo2021-05-2716-31-22.jpg

Ushbu seminarda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzurida tashkil etilgan Xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarma hisobidan oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish imkoniyatlari yaratilganligi, shuningdek, tizimida faoliyat koʻrsatayotgan mudir va metodistlarga ularning faoliyati samaradorligini baholashda qanday mezonlarga eʼtibor qaratish lozimligi kabi masalalar mutaxassislar tomonidan atroflicha muhokama qilinib tegishli tushuntirishlar berildi.

photo2021-05-2716-31-38.jpg
Shuningdek, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi va ular tomonidan berilgan takliflar ham inobatga olindi.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu