Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov bugun tunda Jomboy tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabiga bordi.
1975-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan mazkur maktabning bugungi kundagi oʻquvchilar sigʻimi 2 koeffitsentdan oshib ketgan.
Xalq taʼlimi vaziri sinfxonalarni koʻzdan kechirar ekan qishki mavsumda oʻquvchilarning munosib sharoitlarda taʼlim olishini taʼminlash maqsadida yaqin hududda joylashgan kasb-hunar kollejiga qisqa muddatda koʻchirish chorasini koʻrishni soʻradi.
“Birinchi navbatda oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun munosib sharoit yaratishimiz zarur. Bino eski boʻlganligi sababli imkon boricha tezroq bolalarni boshqa binoga koʻchirib, maktabni investitsiya dasturiga kiritish chorasini koʻrishimiz lozim”, — deya qayd etdi vazir.
.