Xorijiy tillar oʻqituvchilariga zamonaviy adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarni sotib olishi uchun 1 mln. soʻmdan mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash, shuningdek, ularni xarid qilishda asossiz talablar qoʻyilmasligi yuzasidan tegishli choralarni koʻrishingiz soʻraladi. Mazkur masalalar boʻyicha hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarining birinchi rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Xalq taʼlimi vazirligi hududlardagi chet tili fani oʻqituvchilari tomonidan markazlashgan holda zamonaviy adabiyotlarni xarid qilish boʻyicha korrupsiogen holatlar, muayyan yetkazib beruvchi yoki nashriyotning adabiyotlarini xarid qilishga majburlash boʻyicha haqli murojaatlar kelib tushgan hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan jazo choralari koʻrilishi yuzasidan ogohlantiradi.