Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika tanlovi joriy yilning 22-23 dekabr kunlari o‘ta mazmunli, qizg‘in baxslarga boy, xolisona va oshkoralikda tashkil etildi.
Tanlovning hududiy bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 ta jamoalarning jami 70 nafar o‘quvchisi o‘zlarining bilimlarini amaliyotda namoyish etdilar.
Xalq ta’limi vazirligining madaniy – ma’rifiy tadbirlar dasturiga muvofiq, tanlov ishtirokchilarini joriy yilning 22 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 90 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga bordilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayotlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra:
I o‘rin: Namangan viloyatining “Advokat” jamoasi;
II o‘rin: Buxoro viloyatining “Yangi O‘zbekiston” jamoasi;
III o‘rin: Qashqadaryo viloyatining “Yuristlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Qolgan hududiy jamoalar turli nominasiyalar hamda vazirlikning esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.