XALQ TAʼLIMI VAZIRI JIZZAX VILOYATINING SHAROF RASHIDOV VA ZARBDOR TUMANLARIDAGI MAKTABLARDA BO‘LDI

21-may 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari Sharof Rashidov va Zarbdor tumanlaridagi taʼlim muassalari faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab, Sharof Rashidov tumanidagi 36-maktabda bo‘lib, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qizlarni tikuvchilikka o‘rgatish xonasi bilan tanishdi, 11-sinf bitiruvchilari bilan maktabni tamomlash arafasida kelajak rejalari haqida muloqot qildi.

Bitiruvchilarga katta hayotda omad tilab, kasblarni to‘g‘ri tanlash muhimligi, bu shunchaki qiziqish, yoki orzu-xavas emas, o‘sha kasbning istiqboli, hayotning farovonligini taʼminlashga kafolat bo‘lishini misollar bilan tushuntirib berdi. 4 nafar muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchiga noutbuk, maktabga esa televizor taqdim etildi.

photo2022-05-2120-44-28-2.jpg

Keyingi manzil Zarbdor tumanidagi 25-sonli maktab bo‘lib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ayni vaqtda 210 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda qariyb 500 nafar o‘quvchi 2 navbatda taʼlim olmoqda, kelgusida aholi o‘sishini inobatga olib, qo‘shimcha o‘quv binosi qurish uchun 2023 yilgi Investitsiya dasturiga taklif kiritiladigan bo‘ldi.

Mazkur maktabda ham bitiruvchilar bilan muloqot qilinib, savol-javoblarda faol qatnashgan 2 nafar o‘quvchiga noutbuk taqdim etildi.

Shuningdek, Zarbdor tumanida joylashgan 1-va 2-sonli alohida taʼlimga ehtiyojlari mavjud bolalar uchun mo‘ljallangan maktab-internatlarida bo‘lib, o‘quvchilarga taʼlim olish va kasb o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlar eʼtirof etildi.

photo2022-05-2120-44-28.jpg

Mazkur taʼlim muassasasi pedagoglariga bolalarni jamiyatga moslashuvi, inklyuziv taʼlim orqali tengdoshlari orasida munosib o‘rnini topishiga o‘rgatish muhimligi taʼkidlandi. Ikki maktab internatga televizor taqdim etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu