BAXTIYOR SAIDOV XALQ TAʼLIMI VAZIRI LAVOZIMIGA TAYINLANDI

17-noyabr 2021-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2021-yilning17-noyabr kuni Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga Baxtiyor Odilovich Saidov tayinlandi.

Baxtiyor Odilovich Saidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Baxtiyor Saidov shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Oʻzbekistonning bir qator davlatlardagi elchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar Xalq taʼlimi vaziri lavozimini egallagan Sherzod Xotamovich Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

Xalq taʼlimi vazirligi jamoasi Sherzod Xotamovich Shermatovga bugungi kunga qadar maktab taʼlimi sifati, oʻqituvchilar hamda maktab nufuzini oshirishga qoʻshgan hissasi hamda tizimda amalga oshirgan tarixiy islohotlari uchun minnatdorlik bildiradi va uning kelgusi faoliyatida bundanda yuksak zafarlar tilaydi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu