Joriy yilning 15-18 may kunlari imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari o‘rtasida “5 tashabbus – sport bilan” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqalar uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
18 may kuni sportning shaxmat, yengil atletika va quvnoq estafeta turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sport musobaqalarining Respublika final bosqichi yakunlandi.
Musobaqa yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindor o‘quvchilar Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Vahobjon Rajabov, vazirlikning Maktabdan tashqari taʼlim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi masʼul xodimlari tomonidan medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.