Davlatimiz rahbarining 2021 yil 10 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida umumtaʼlim maktablarini zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlash topshirig‘i berilgan edi.
Mazkur topshiriqqa muvofiq Respublika bo‘yicha 2029 ta maktablarni zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash vazifasi belgilandi.
Bugungi kunda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan respublika byudjetidan 1 014 ta zamonaviy kompyuter sinflari xarid qilindi va viloyatlardagi umumtaʼlim maktablariga kompyuter texnikalari ortilgan karvonda bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.
Qayd etish o‘rinliki, ushbu kompyuterlarga dasturlashga oid zamonaviy dasturiy tizimlar, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim resurslari Maktab.uz, Kitob.uz, Edukids, Smartland kabi elektron taʼlim platformalari va boshqa taʼlim resurslari o‘rnatilmoqda
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan mahalliy byudjet hisobidan 1 015 ta umumtaʼlim maktablariga kompyuter sinflarini yetkazilishi belgilangan.