9 OY DAVOMIDA QARIYB 5 MING NAFAR PEDAGOG XODIM SANATORIYALARDA BEPUL DAM OLDI

22-oktabr 2021-yil
image

22
October
2021

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”dagi Farmoniga muvofiq 2021-yil davomida xalq taʼlimi tizimidagi 5 984 nafar xodimga sanatoriyda dam olishi uchun bepul yoʻllanma berilishi rejaga kiritilgan.

4.png

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Kasaba uyushmalari federatsiya tasarrufidagi 22 ta sanatoriyda 4 702 nafar maktab oʻqituvchilari, direktorlar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, metodistlar salomatligini mustahkamladi.

photo2021-01-1319-18-16-2-1.jpg

Jumladan, yoz oylari davomida jami 2 ming nafardan ziyod oʻqituvchiga sanatoriyda dam olish uchun bepul yoʻllanma berildi.

5.png

Mazkur dam olish sanatoriylarida xodimlar oshqozon-ichak kasalliklari, ortiqcha tana vaznining oshishi (metobolik sindrom), qandli diabet, oshqozon osti bezi kasalliklari, oʻt qopi, oshqozon yarasi, asab tizimi, yurak qon tomir, jigar, surunkali buyrak, tayanch-harakat aʼzolari, asab, ovqat hazm qilish aʼzolari va ginekologik, nafas olish, yuqori nafas yoʻllari va nevrologik, urologik, endokrenologik kasalliklar, qon aylanish tizimi aʼzolari, teri tanosil va boshqa xastaliklarni davolash va profilaktika qilish boʻyicha muolaja oldi.

6.png

photo2021-01-1319-15-50-2-1.jpg

Shuningdek, kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boʻlimlari va sanatoriy maʼmuriyati tomonidan dam olayotgan xodimlarni muolajadan boʻsh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun ham shart-sharoitlar yaratildi.

-

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu