XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI BIR QATOR XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI BILAN DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK YOʻNALISHIDA HAMKORLIK QILISHGA KELISHIB OLDI

30-sentabr 2021-yil
image

Joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston iqtisodiy forumi doirasida Xalq taʼlimi vazirligi Xalqaro moliya korporatsiyasi va Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik yuzasidan oʻzaro kelishuvlarga erishdi.

Jumladan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi davlat umumtaʼlim maktablarini tashkil etish yuzasidan moliyaviy maslahat koʻrsatish yuzasidan kelishuvga erishildi

Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki bilan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi davlat umumtaʼlim maktablarini tashkil etish hamda mavjud umumtaʼlim maktablari infratuzilmalarini yaxshilash yuzasidan memorandumlar imzolandi.

Hamkorlik doirasida respublika hududlarida bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida yangi davlat umumtaʼlim maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi, ularga xususiy sheriklar tomonidan xizmat koʻrsatilishi va taʼmirlanishi hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan davlat umumtaʼlim maktablarini rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha binolar qurish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu