ZARAFSHON SHAHRIDAGI MAKTAB O‘QUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISH AHAMIYATI TUSHUNTIRILDI

6-may 2022-yil
image

Navoiy viloyatidagi maktablarni o‘rganish davomida Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari Zarafshon shahrida bo‘ldi. Zarafshon nafaqat Navoiy viloyatida, balki respublika iqtidisodiyotida o‘ziga xos salmoqli o‘ringa ega sanoatlashgan hudud hisoblanadi. Shahardagi taʼlim muassasalarining o‘ziga xos potensiali, o‘quvchilarining intellektual zakovati mavjud. Shunday bo‘lsada, ushbu hududda ham o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida ishlar yetarli darajada emasligi, Zarafshonda yirik sanoat korxonalari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, kelajakda ushbu korxonalarga zarur bo‘lgan mutaxassislikni (muhandis, texnolog, geolog, energetik) tanlagan bitiruvchilar juda ozchilikni tashkil etayotgani namoyon bo‘lmoqda.

photo2022-05-0610-24-12.jpg

Zarafshon shahridagi 12-sonli maktabda yuqori sinf o‘quvchilari va pedagoglar bilan suhbatda vazir Baxtiyor Saidov aynan shu mavzuda, yaʼni kasblarni to‘g‘ri tanlash, hudud ehtiyojidan kelib chiqib kasblarga yo‘naltirishi zarurligini taʼkidladi. O‘quvchilarga maktabda shunchaki o‘qish emas, olgan bilimlarni hayotda nima uchun kerakligini, bu bilimni hayot davomida qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari tushuntirib berildi.

photo2022-05-0610-24-13.jpg

photo2022-05-0610-24-13-2.jpg

Maktabning 3 nafar iqtidorli o‘quvchisiga noutbuk, dars jarayonlarini yana-da samarali tashkil etishlari uchun televizor taqdim etildi hamda qo‘shimcha zamonaviy kompyuter sinfxonalari bilan taʼminlanadigan bo‘ldi.

photo2022-05-0610-24-15.jpgMaktabda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida kelgusida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritgan holda moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi yaxshilanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu