15 GA YAQIN RIVOJLANGAN DAVLATLARDAGI ELCHILAR BILAN OʻZBEKISTONDAGI TAʼLIM TIZIMINI YANA-DA RIVOJLANTIRISH MASALASI MUHOKAMA ETILDI

12-avgust 2021-yil
image

Joriy yilning 11-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni topshiriqlarini samarali ijro etish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligida Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi, jumladan, AQSH, Belgiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, BAA, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Koreya hamda Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchilari bilan onlayn konferensiya tashkil etildi.

2k2a3139.jpg

Uchrashuv davomida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov yurtimizdagi umumtaʼlim maktablarining infrastrukturasini rivojlantirish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish, oʻquvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar boʻyicha atroflicha maʼlumot berdi. Shuningdek, soha oldida turgan muammolar, qilinishi kerak boʻlgan vazifalar hamda 2030-yilgacha erishilishi kerak boʻlgan amaliy natijalar haqida toʻxtaldi.

Oʻz navbatida, Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Farhod Arziyev elchilar bilan birgalikda yurtimizda taʼlim tizimini transformatsiyasi uchun rivojlangan mamlakatlar erishgan yutuqlari va tajribasini keng joriy etish, koʻplab xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish hamda ular xizmat qilayotgan mamlakat tashkilot va kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatishda har tomonlama koʻmak berishga tayyor ekanligini aytib oʻtishdi.

2k2a3168-2.jpg

Uchrashuv soʻngida Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va elchixonalarning mutasaddi xodimlari oʻrtasida doimiy ishchi guruh tashkil etilib, loyihalarni birga amalga oshirilishga kelishib olindi. Islohotlarni samarali amalga oshirish uchun barcha vazirlik va idora bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi, bir maqsad sari intilishi va bir biriga har tomonlama koʻmak berishi maqsadga muvofiq ekanligi eʼtirof etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu