ENGLISH SPEAKING NATION YOZGI TRENINGLAR DASTURIDA 420 DAN ORTIQ INGLIZ TILI OʻQITUVCHILARINING MALAKASI OSHIRILADI

2-avgust 2021-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan soʻngi yillarda taʼlim sohasini rivojlantirish, oʻqituvchilarning bilim malakalarini oshirish borasida qator ijobiy chora tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu jumladan, ingliz tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish maqsadida Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda English Speaking Nation dasturi amalga oshirilib, dastur doirasida hozirga qadar 30 dan ortiq xorijiy mutaxassislar xorijiy til oʻqituvchilarining malakasini oshirish treninglarida qatnashib kelishmoqdalar.

lmo05310.jpg

Joriy yilning 31-iyul kuni Mazkur dastur doirasida tashkil etilgan English Summer Excellence Training (ESN:ESET) yozgi malaka oshirish treninglari loyihasini boshlab berish va loyiha doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan 25 nafar xalqaro mutaxassislarni qutlash uchun Xalq taʼlimi vaziri maslahatchisi Ulugʻbek Kasimxodjayev AQSH elchixonasi vakillari, Amerika kengashlari va xalqaro mutaxassislar bilan uchrashdi.

lmo05613.jpg

English Speaking Nation yozgi treninglar dasturi doirasida Respublikamizning Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Termiz, Qarshi va Urganch shaharlarida 420 dan ortiq ingliz tili oʻqituvchilari uchun 108 soatlik intensiv mashgʻulotlar olib boriladi. 18 kunlik treninglardan koʻzlangan maqsad oʻqituvchilarning ingliz tili koʻnikmalari hamda ularning pedagogik va psixologik bilimlarini takomillashtirishda yordam berishdan iborat. Umumiy ingliz tili va sinfdagi amaliyotdan tashqari, ESN:ESET dasturi ishtirokchilarga aynan ingliz tilida darslar oʻtish va murakkablashtirilgan intensiv oʻquv sessiyalarida faqat ingliz tilida taqdimotlar oʻtkazishga yordam beradi.

lmo05393.jpg

English Speaking Nation dasturini amalga oshirishda Xalq taʼlimi vazirligi Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Amerika kengashlari xalqaro taʼlim, akademik almashinuvlar va chet elda til oʻrganish sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi va ilmiy, professional va madaniy almashinuvlar, til oʻrganishlar, taʼlimni rivojlantirish va tadqiqotlar orqali xalqaro aloqalar va oʻzaro hamfikrlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu