2021 yil 25 iyul – 2 avgust kunlari Yaponiya davlati tomonidan tashkil etilgan 53-xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) dunyoning 65 davlatidan 260 nafar o'quvchilar qatnashdi.
Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchilar ham munosib ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, 1 ta oltin hamda 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
53-xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) g'olib bo'lgan o'quvchilarimiz:
Sobirjon Amanov – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik liseyi o'quvchisi, oltin medal;
Firdavs Sobirov - Buxoro shahar 35-umumta'lim maktabi o'quvchisi, bronza medal;
Durdona Muxtorxo'jaeva – Ibn Sino maktab-internati o'quvchisi, bronza medal;
Ikromiddin Boymahammadov – Ibn Sino maktab-internati o'quvchisi, bronza medal;
Mazkur g'alaba bilan o'quvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan o'qituvchilarini hamda ota-onalarini tabriklaymiz!