XALQLAR DO'STLIGI KUNIGA "YOZNI DO'STING BILAN O'TKAZ" SHIORI OSTIDA TADBIRLAR TASHKIL ETILDI

31-iyul 2021-yil
image

 

 

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi bilan hamkorlikda joriy mavsumda 192 ta stasionar oromgohlarda 52 282 nafar bolalar dam oldirilishi rejalashtirilgan bo'lib, ushbu oromgohlarga jami 3 840 nafar pedagog kadrlar jalb qilindi.

Joriy yilning 30 iyul holatiga 200 ta stasionar oromgohlarda 105 ming 767 nafar bola dam oldirildi.

photo2021-07-3010-29-37.jpg

"30 iyul – xalqlar do'stligi kuni"ga bag'ishlangan "Do'stlik haftaligi" va uning doirasida o'tkazilgan "Do'stlik" xalqaro forum-festivali tashkil etildi va "Yozni do'sting bilan o'tkaz" shiori ostida tadbirlar o'tkazildi.

Ushbu tadbirlar tartibiga ko'ra 152 ta stasionar oromgohlarda tasviriy san'at yo'nalishida "mening eng yaqin do'stim" mavzusida o'quvchilar o'rtasida tanlov tashkil etiladi, ushbu tanlovda 1240 nafar o'quvchilar o'zlarining sevimli do'stlari haqida rasmlar chizdi.

Sportning ommaviyligini ta'minlash va sportning rivojlantirish bo'yicha 84 ta sog'lomlashtirish oromgohida "biz birmiz, birga g'alaba qozonamiz" shiori ostida sport musobaqalari o'tkazilib, unda 2400 nafar o'quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Sport jamoa, ta'minlash va sport hayoti 84 t. p., chaqiriluvchi dam olish maskanlari "biz birmiz, birga g'olib qozonamiz" shiori ostidaga sport musabaqalari bantkazilib, unda 2400 kishi kojuvchi-iflar tenderda ishtirok etadi.

photo2021-07-2918-28-35.jpg

O'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasi kitobxonlik mdaniyatini rivojlantirish bo'yicha 46 ta stasionar oromgohlarda "bir asar tarixi" mavzusida "oq kema" asarini yozilish tarixi haqida suhbat tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida 402 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.

Milliy urf-odatlar, ana'analarni targ'ib qilish maqsadida 34 ta sog'lomlashtirish oromgohlarida "Milliy qadriyatlar" mavzusida qozoq, turkman, qirg'iz, o'zbek, tojik, rus, qoraqalpoq milliy taomlari bo'yicha ovqatlar festivali o'tkazildi. Ushbu festivalda 40 yaqin turli ovqatlar va pishiriqlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu