UMUMTAʼLIM MAKTABLARIGA “ZAMONAVIY MAKTAB” MAQOMINI BERISH BOʻYICHA TAQDIRLASH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

30-iyul 2021-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-4537-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Ofsted va Jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy maktab”larga qoʻyilgan talablar, baholash tartibi hamda baholash metodikasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

4o9a0807.jpg

“Zamonaviy maktab”larni baholash 11 ta yoʻnalish, 38 ta mezon

va 150ta koʻrsatkichlar quyidagi 4 ta asosiy soha boʻyicha amalga oshirilgan:

- taʼlim va tarbiya jarayoni (umumiy ballning 30 foizi);

- umumtaʼlim muassasasini boshqarish (umumiy ballning 20 foizi);

- malakali mutaxassislar bilan taʼminlanganligi (umumiy ballning 20 foizi);

- moddiy-texnik bazasi va infrastrukturasi (umumiy ballning 30 foizi);

4o9a1069.jpg

Tajriba-sinov tariqasida 42 ta (har bir hududdan 3 tadan) maktab “Zamonaviy maktab”larga qoʻyiladigan talablar asosida baholandi.

Natijada ushbu 42 ta maktabdan 8 ta (19%) maktab “Zamonaviy maktab” maqomiga ega boʻldi, 34 tasi (81%) esa “Zamonaviy maktab” mezonlariga toʻliq javob bermagani aniqlandi.

“Zamonaviy maktab” maqomiga erishgan maktablar va ularning natijalari quyidagicha:

- 1 ta maktab – “2-darajali «Zamonaviy maktab” maqomi;

- 7 ta maktab – “3-darajali «Zamonaviy maktab” maqomi.

4o9a1148.jpg

Baholash natijasida har bir maktabga 38 ta mezon boʻyicha koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar beriladi va “Zamonaviy maktab” darajasiga olib chiqish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar belgilanadi.

Yil yakuniga qadar respublika boʻylab 750 ta umumtaʼlim maktablari “Zamonaviy maktab”lar mezonlari asosida baholanishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu