“XALQLAR DOʻSTLIGI KUNI”DA OʻZBEKISTON, ROSSIYA, TOJIKISTON VA QIRGʻIZISTON TAʼLIM VAZIRLARINING BIRINCHI UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI

30-iyul 2021-yil
image

30-iyul – “Xalqaro doʻstlik kuni”da Rossiya Federatsiyasi Maorif vaziri tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Rossiya Federatsiyasi Maorif vaziri Sergey Kravsov, Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Muhammadyusuf Imomzoda, Qirgʻiziston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Bolotbek Kupeshev ishtirokida toʻrt tomonlama onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning  uchrashuvda uchrashuvda taʼlim sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

image2021-07-3015-44-29.png

Tomonlar fikr almashish va masalalarni muhokama qilish orqali mamlakatlar oʻrtasida madaniy almashinuvning ahamiyati, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tajriba almashish, taʼlim sifatini baholash tizimi, maktab oʻquvchilarining taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro dasturlarda ishtirok etish (PISA, PIRLS), bolalar bilan tarbiyaviy ishlarda oʻqituvchilarning roli haqida soʻz yuritdilar.

Shu bilan bir qatorda,Taʼlim vazirlari maktablarda xavfsiz raqamli taʼlim muhitini yaratishda hamkorlikni oʻrnatishning muhimligini taʼkidladilar.

photo2021-07-3019-57-17.jpg

Uchrashuv “xalqaro doʻstlik kuni”da oʻtkazilganini hisobga olib, toʻrt mamlakatning oʻquvchi va oʻqituvchilarini yaqinlashtirishga qaratilgan qoʻshma tanlov oʻtkazish taklif etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar toʻrt tomonlama formatdagi uchrashuvlarni muntazam ravishda oʻtkazishga, shuningdek, Tojikiston, Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi taʼlim vazirlarining Qirgʻizistonda navbatdan tashqari uchrashuvlarini oʻtkazishga kelishib oldilar.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu