Kuni kecha Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan qishki taʼtil kunlari uzaytirilganligi haqidagi xabardan soʻng oʻqituvchi va ota-onalardan koʻplab savollar yoʻllandi. Bugun kun davomida ana shu savollarga javob berib boramiz.
SAVOL: Qishki taʼtil kunlarini 24-yanvarga qadar uzaytirilgani oʻqituvchilarning oylik maoshiga taʼsir qilmaydimi?
JAVOB: Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun beriladigan qoʻshimcha taʼtil kunlari davomida xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlangan holda toʻlab boriladi, yaʼni oylik maoshga taʼsir qilmaydi.