Xalq taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining qishki taʼtil muddatini uzaytirish toʻgʻrisida” gi buyrugʻi asosida umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi asosida fanlarni oʻqitish metodikasi boʻyicha onlayn-treninglar tashkil etiladi.
Qishki taʼtil davrida oʻqituvchilarga xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan Milliy oʻquv dasturining mazmun -mohiyatini yetkazish hamda yangi darsliklar asosida dars oʻtish boʻyicha koʻrsatmalar berish maqsadida o'tkazilayotgan onlayn mashgʻulotlar 22- yanvarga qadar davom etadi.
Jami 58 soat davom etadigan mashg'ulotlar 5 nafar fan doktori, 18 nafar Respublika ta'lim markazi metodistlari hamda 17 nafar maktab o'qituvchilari tomonidan olib boriladi.
Mashg'ulotlarni Respublika ta'lim markazining You Tube kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin