Yozgi taʼtil davomida bolalarni dam oldirish, sogʻlomlashtirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini tashkil etish maqsadida bugundan 762 ta maktablar qoshida bepul sogʻlomlashtirish maydonchalari oʻz faoliyatini boshladi. Mazkur maydonchalarda birinchi kundanoq 1 240 nafar pedagoglar hamrohligida 80 ming nafarga yaqin oʻquvchilar maroqli dam olishdi.
Sogʻlomlashtirish maydonchalarida bolalarni dam olishini tashkil etish boʻyicha Pedagog xodimlar hamda toʻgarak rahbarlari uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilib, mazkur qoʻllanmalar asosida madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishni oshirish, oʻquvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etishga qaratilgan toʻgarak mashgʻulotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ma'lumot uchun:
Sogʻlomlashtirish maydonchalari 15-iyundan 15-avgustga qadar haftaning dushanba-juma kunlari soat 08:00 dan 13:00ga qadar faoliyat yuritadi.
Maktablarda yozgi mavsum davomida 1 900 taga yaqin sogʻlomlashtirish maydonchalari tashkil etiladi.