OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA 5 TA MUHIM TASHABBUS TADBIRLARI DOIRASIDA YIL YAKUNIGA QADAR TANLOVLAR OʻTKAZILADI

7-iyun 2021-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning iyun-noyabr oylarida 5 ta muhum tashabbus boʻyicha koʻrik-tanlov, festival va sport musobaqalari oʻtkaziladi.

Mazkur tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻquvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishni oshirish, oʻquvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tadbirlar 2019-yilning oktyabr-noyabr oylarida oʻtkazilgan “Umumtaʼlim maktablarida 5 tashabbus” festivalining mantiqiy davomidir.

Ushbu tadbirlar doirasida 14 ta koʻrik-tanlov, festival va sport musobaqalari oʻtkaziladi. Jumladan:

a) Birinchi tashabbus boʻyicha:

“Ijodkor bolalar” festivali;

“5 tashabbus – sanʼat bilan” shiori ostida xor jamoalari festival-tanlovi;

b) Ikkinchi tashabbus boʻyicha:

“5 tashabbus – sport bilan” shiori ostida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida basketbol sport turidan musobaqasi;

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilari oʻrtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi;

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida respublika birinchiligi;

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” shiori ostida respublika birinchiligi;

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilari oʻrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari;

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” hamda yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yoshlik sport jamoalari” respublika birinchiligi;

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Kurash - milliy gʻururimiz” shiori ostida sportning kurash turidan respublika birinchiligi;

v) Uchinchi tashabbus boʻyicha:

“5 tashabbus - axborot texnologiyalari bilan” shiori ostida “Bolalar texnik ijodkorligi” festival-tanlovi;

g) Toʻrtinchi tashabbus boʻyicha:

“5 tashabbus – kitob bilan” shiori ostida festival-tanlov;

“Ijod, isteʼdod va mahorat - doʻstlik I bolalar festivali”;

d) Beshinchi tashabbus boʻyicha:

“5tashabbus - besh imkoniyat” shiori ostida “Qizlarjon”
koʻrik-tanlovi.

Mazkur tadbirlarda hududlarda jami 3,5 mln. nafar
oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Tadbirlarda 443 ta umumtaʼlim maktablari hamda 5 307 nafar nafar oʻquvchi, oʻqituvchilar gʻolib va sovrindor boʻladilar.

Gʻolib boʻlgan oʻquvchi, oʻqituvchilar hamda taʼlim muassasalariga 30 nomga yaqin musiqa jihozlari, sport inventarlari, kompyuter texnikasi, media jihozlar, badiiy adabiyotlar va tikuv mashinalari sovgʻa qilinadi.

Tadbirlar jarayonlari haqidagi maʼlumotlarni facebook va telegram ijtimoiy tarmoqlarida tashkil etilgan 5tashabbus_maktabda guruhida kuzatib borish imkoniyati mavjud.

Mazkur tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, yangi qirralarini ruyobga chiqarish va erkin fikrlashga shart-sharoitlardan iborat.

2021-jilda-ukuvci-eslar-bilan-2-2.jpg

Oʻquvchilar oʻrtasida 5 ta muhim tashabbus tadbirlari doirasida yil yakuniga qadar oʻtkaziladigan tanlovlar nizomlari tasdiqlangan buyruqni yuklab olish

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu