MAY OYIDA 452 NAFAR XALQ TAʼLIMI BOʻLIMI MUDIRLARI, XODIMLARI VA MAKTAB DIREKTORLARI SANATORIYALARDA BEPUL DAM OLISHDI

4-iyun 2021-yil
image

Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlariga muvofiq 2021-yilda yanvar oyidan boshlab xalq taʼlimi tizimidagi bir guruh xodimlarni sanatoriylarda dam olishlari boʻyicha maʼlumotlar berib bormoqdamiz.

Joriy yilning may oyida Kasaba uyushmalari federatsiya tasarrufidagi 22 ta sanatoriylarda oʻn kun davomida 452 nafar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, metodistlari, umumtaʼlim muassasalari direktorlari salomatliklarini mustahkamladilar.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtadigan boʻlsak 2021-yilda yanvar-may oylarida 2 148 nafar xodimlar sanatoriylarda dam olishlari tashkillashtirildi.

Jumladan, Toshkent viloyatidagi 40 nafar xodimlar viloyatdagi Botanika, Umid Gulshani, Boʻston, Oqtosh shabboda, Koxinur, Oqtosh, Jizzax viloyatidagi Zomin, Toshkent shahridagi Chinabad, Turon kabi sanatoriy-sogʻlomlashtirish va dam olish majmualarida nafas olish, yuqori nafas yoʻllari va nevrologik, ovqat hazm qilish, akusher-ginekologik, urologik, endokrenologik kasalliklar, kardiologik,yurak qon tomirlari tizimi, qon aylanish tizimi aʼzolari va boshqa xastaliklarni davolash va profilaktika qilish boʻyicha muolajalar oldilar.

Shuningdek, kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boʻlimlari va sanatoriy maʼmuriyati tomonidan sanatoriyda dam olayotgan xodimlarni muolajadan boʻsh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun ham shart-sharoitlar yaratildi.

Joriy yilning iyun oyidan sentyabr oyiga qadar yuqorida qayd etilgan Farmonga muvofiq tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta oʻrinlarni egallagan umumtaʼlim muassasalarining 2 nafar oʻqituvchilariga Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yoʻllanmalar beriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu