Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimiz xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada joriy qilinayotgan yangiliklarni keng targ‘ib qilishda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan Xalq taʼlimi vazirligi muassisligidagi “Maʼrifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Tong yulduzi”, “Klass” gazetalari, “Xalq taʼlimi”, “Xalq taʼlimi axborotnomasi”, “Boshlang‘ich taʼlim”, “Til va adabiyot taʼlimi”, “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallari bosma nashrlarining rahbarlari bilan uchrashdi.
Vazir bosma nashr muharrirlari bilan millatimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini, shu bois o‘quvchilarga boshlang‘ich sinfdanoq gazeta va jurnal mutolaasini o‘rgatib borish zarurligini alohida qayd etdi.
Shu bilan birga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni gazetxonlikka qiziqishini orttirish uchun ijodkorlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.