Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda taʼlim sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida taʼlim darajasi, o‘qituvchining bilim va malakasiga bog‘liqligi, bugun maktablarni rivojlantirish masalasi davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nlishlaridan biri ekanligi inobatga olinib, sohani rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish zarurati qayd etildi.
Xalq taʼlimi sohasida mavjud holatni o‘rganish hamda tegishli taklif ishlab chiqish va kelgusida soha rivoji yo‘lida hamkorlik qilishga kelishib olindi.