«Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan maktablaridagi yoshlar yetakchilari shtat birliklari qisqartirilib, har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
✅“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
✅mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
✅yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
✅yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;
✅huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.