Joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddatda umumtaʼlim maktablarida o‘quv jarayonlari “onlayn” shaklda tashkil etilishi belgilangan.
Masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan ajratilgan telekanallari hamda "Onlayn maktab" telegram kanali (https://t.me/uzeduonlinemaktab)orqali dars mashg‘ulotlari muntazam berib boriladi. "Onlayn maktab" loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali eʼlon (https://t.me/uzeduonlinemaktab) qilib boriladi.
O‘qituvchilar mazkur kundalik jadval asosida dars berayotgan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishini, uyga vazifalarni bajarilishini hamda o‘quvchilar bilimini sinf jurnaliga (elektron kundalik tizimi joriy etilgan maktablarda Kundalik.com tizimiga) baholab borishni taʼminlab borishlari hamda zaruriyatga ko‘ra "Onlayn maktab" loyihasi doirasida o‘tilgan mavzularni o‘quvchilarga qo‘shimcha tushuntirib borishlari lozim.
Maktab rahbarlaridan taʼlim muassasasida o‘qituvchilar faoliyatini amalga oshirishi uchun yetarli sharoitlar yaratib, AKT xonalarida uzluksiz Internet ishlashini taʼminlab berishi kerak.
Bundan tashqari, “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (https://lex.uz/docs/4877855)”ga muvofiq, pedagog hodimlar dars mashg‘uloti (o‘quv-tarbiya jarayoni)dan tashqari, o‘quv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayoni bilan ham shug‘ullanishi belgilab qo‘yilgan.
Shu bois, o‘quvchilarning onlayn taʼlim jarayonlari vaqtida pedagoglar maktabda bevosita lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘z ustida mustaqil ishlashlari lozim.
O‘z o‘rnida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” buyrug‘i (https://lex.uz/docs/4776265) talablariga muvofiq maktabda kasallanish holatlari yuzaga kelganda, o‘qituvchilarning sog‘ligini himoyalash, koronavirusning yangi shtammining keng tarqalishini oldini olish maqsadida pedagoglarning masofadan ishlashi uchun imkoniyat beriladi.
Maktab rahbari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatini nazorat etish va muvofiqlashtirishga masʼul sanaladilar.
Hurmatli pedagoglar, hozirda o‘quvchi yoshlarni himoyalash maqsadida taʼlim Onlayn shaklga o‘tkazilgani bilan barcha tashkilot va idoralarda ish jarayoni davom etmoqda. Shu bois sizlardan ham o‘z ishingizga masʼuliyat bilan yondashishingiz so‘rab qolinadi