Xalq taʼlimi vazirligi umumtaʼlim maktab o‘qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tanlov eʼlon qiladi.
(https://telegra.ph/Rudyard-Kipling-If-01-26)Tanlov shartlari quyidagicha:
✅ Ingliz yozuvchisi Jozef Redyard Kiplingning ““If/Yesli” (Zapoved)” asarini (https://telegra.ph/Rudyard-Kipling-If-01-26) o‘zbek tiliga tarjima qilish;
✅ Asarni tarjima qilishda har bir g‘oya va fikrni to‘g‘ri talqin qilgan holda yetkazish;
✅ Asar bo‘yicha tarjimalarni @Mening_ijodim2022 sahifasiga Word formatda ismi sharifingiz hamda maktab raqamingiz ko‘rsatilgan holda quyida ko‘rsatilgan muddatlarda yuborish lozim.
Tanlov joriy yilning 26 yanvaridan – 5 fevraliga qadar davom etadi.
Tanlovda eng yaxshi deb topilgan ijodiy ish 2022 yilning 10 fevral kuni Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchiga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan noutbuk va diplom topshiriladi.