Joriy yilning 1 mart kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Tojikistonning favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilgan mazkur uchrashuvda o‘quvchi-yoshlarning mukammal bilim olishi ikki mamlakat uchun pirovard maqsad ekanligi alohida taʼkidlandi.
Tojikistonning favqulodda va muxtor elchisi O‘zbekistondagi tojik maktablarida bo‘lganligi hamda ularda yaratilgan sharoitlar alohida tahsinga loyiqligini eʼtirof etgan holda buning uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Elchi bugun Tojikiston taʼlim tizimidagi yutuqlar haqida ham batafsil maʼlumot berib o‘tdi.
Ikki tomonlar uchrashuvida mamlakatlarimiz tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan islohotlar belgilab olindi.