UCH VAZIRLIK MUTASADDILARIDAN IBORAT ISHCHI GURUH QASHQADARYO MAKTABLARINI YAXSHILASH BO‘YICHA ANIQ REJALAR TUZMOQDA

22-aprel 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Abruyev hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh hamkorlikda Qashqadaryodagi maktablar faoliyati bilan tanishmoqda.

photo2022-04-2215-40-52.jpg

Hamkorlikda tuzilgan ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi 1204 ta umumtaʼlim maktablarning moddiy texnika bazasi, shart-sharoitlari tahlil qilinmoqda.

Ishchi guruh tomonidan maktabbay viloyatdagi eskirgan parta, stul, doskalarni yangilashga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanib, har bir maktab bo‘yicha alohida rejalar qilinmoqda.

photo2022-04-2215-40-5321.jpg

Eslatib o‘tamiz, bugun mamlakatimizda maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy maqsad, umumxalq harakati sifatida umummilliy harakatga aylangan. Ushbu harakat doirasida Davlatimiz rahbari topshiriqlariga ko‘ra barcha pog‘onadagi rahbarlar maktablardagi muammolarni o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan aniq vazifarlar belgilab olinmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu