XALQ TAʼLIMI VAZIRI QASHQADARYO VILOYATIDAGI MAKTABLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

21-aprel 2022-yil
image

 

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Qashqadaryo maktablarida bo‘lib, taʼlim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, Baxtiyor Saidov Kasbi tumanidagi 15-maktab sharoitini ko‘zdan kechirdi. Taʼlim maskanida bilim olayotgan o‘quvchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdi. Maktab rahbariyatiga sinf xonalari va maktab hududidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tdi.

y111.jpg

So‘ngra vazir mazkur tumandagi 53-maktabda bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi. Ularning kelgusi orzu-maqsadlarini o‘rganib, o‘g‘il-qizlar bilimini sinovdan o‘tkazdi. Iqtidorli va bilimdon ikki nafar o‘quvchi qizni noutbuk bilan taqdirladi.

Kunning ikkinchi yarmida Baxtiyor Saidov Koson tumanidagi 94-maktabga bordi. Maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan chizilgan suratlarni alohida eʼtirof etdi. Aʼlochi o‘quvchilardan biriga noutbuk taqdim etib, kitobxon o‘g‘il-qizlarga badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.

y1111.jpgXalq taʼlimi vaziri maktablarda taʼlim sifatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu