Xorijiy til tanlovi

8-avgust 2025-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichi yopilish hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi boshlandi.

Tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 14 ta maktab jamoasi (umumiy 70 nafar oʻquvchi) ishtirok etdi. 

Jarayonlarda ishtirokchilarning milliy “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va oʻqish (reading) koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.

Taqdirlash marosimi poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtmoqda.

Press-reliz (o‘zbek tilida)
Press-reliz (rus tilida)

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu