“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda

19-fevral 2025-yil
image

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda hamkor vazirlik va tashkilotlar tomonidan maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.

Ayni vaqtda ushbu tanlovning hududiy bosqich jarayonlari respublikaning barcha nuqtalarida qizgʻin davom etmoqda.

Maktablarning 14-17-yoshli yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etayotgan mazkur tanlov ishlarini baholashda quyidagi jihatlar eʼtiborga olinadi:

➖ loyihada yoritilgan gʻoyaning ekologik muammo va masalalani hal etishdagi ahamiyati;

➖ loyihaning innovatsion yoʻnaltirilganligi va gʻoyaning yangiligi;

➖ loyihaning natijalarga erishish imkoniyatlari;

➖ yoshlar oʻrtasida ekologik muammoning mavjudligi, istiqbollari;

➖ loyihada xalqaro tajriba mavjudligi.

Eslatib oʻtamiz, tanlovning respublika bosqichi joriy yilning mart oyida oʻtkaziladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu