O'QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH VA O‘QITISH BO‘YICHA AMALIY TADBIR TASHKIL ETILDI

1-fevral 2025-yil
image

Samarqand shahridagi 65-umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ tashkiloti  bilan hamkorlikda TexVET kasbga yo‘naltirish loyihasi doirasida “Mening 3 kunlik ish tajribam” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari  “Shokoladka” konditer fabrikasi, “Apparel” trikotaj korxonasi, “Iroda” go‘zallik saloni, qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasida uch kun davomida mutaxassislar faoliyatini kuzatish va kasb-hunar o‘rganish jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ushbu amaliyotlar turli kasb yo‘nalishlari va ular talab etadigan ko‘nikmalar haqida ma’lumot olish, shuningdek, o‘zlarini ushbu kasblarda sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu