Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida “Mening maktabim” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan edi.
Loyiha doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ochiq budjet” portalida oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra, 1387 loyiha gʻolib, deb topildi.
Qariyb 28 mlrd. soʻmlik ushbu loyihalar doirasida umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Gʻolib loyihalar va maktablar haqida quyida (https://openbudget.uz/school/project-introduction) batafsil tanishishingiz mumkin.