Sarhisob

27-dekabr 2024-yil
image

2024-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan xorijiy tillarni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar:

Ikkinchi xorijiy til (nemis, fransuz, koreys, xitoy, yapon va ingliz tili) oʻqitiladigan maktablar soni 354 taga yetkazildi;

Umumtaʼlim maktablarga xorijiy davlatlardan 500 nafar chet tili fani oʻqituvchilari jalb etildi va ushbu mutaxassislar ishlagan maktab oʻquvchilarinig til bilish darajasi 5 foizdan 15 foizga oshdi;

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi oʻtkazildi. Unda gʻolib va sovrindor boʻlgan 70 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi Buyuk Britaniya va Germaniyaga taʼlim sayohatiga yuborildi;

Maktablarda faoliyat yuritayotgan hamda B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega xorijiy til oʻqituvchilar soni 29 001 nafar (59,1 foiz), til bilish sertifikatiga ega maktab oʻquvchilari soni 37 074 nafar yetkazildi.
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu