Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tasdiqlandi

24-dekabr 2024-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga asosan, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:

➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi;
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari;
➖tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari;
➖A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti;
➖Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari;
➖pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari;
➖malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari;
➖maktabgacha taʼlim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy oʻrta taʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari.

Shuningdek, mazkur Nizom bilan:

➖ uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga kiruvchi barcha boʻgʻin tashkilot va oʻquv muassasalarining asosiy vazifalari

➖uzluksiz kasbiy rivojlantirish taʼlim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan/ajralmagan holda, masofaviy, dual, mustaqil, muqobil shakllari orqali amalga oshirilishi;:

➖ uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari menejerlik oʻquv kurslari, malaka oshirish kurslari, malaka oshirish kurslari oraligʻida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari, qayta tayyorlash kurslari orqali amalga oshirilishi belgilab berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu