Respublikamizdagi 332 ta kasb-hunar maktabida ayni vaqtda 136 376 nafar 9-sinf oʻquvchisi tahsil olmoqda.
Kasb-hunarga oʻrgatish joriy etilgan 289 ta umumtaʼlim maktabida kasbiy taʼlim ustasi (1 shtat birligi doirasida) lavozimi hamda 10-11-sinflar uchun “Kasbiy taʼlim” fani joriy etildi. Ushbu fan uchun haftasiga 3 oʻquv soati ajratildi.
60 turdagi (48 ta ishchi, 12 ta zamonaviy axborot texnologiyalariga oid) kasb-hunarlarning zamonaviy oʻquv dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
2024-2025-oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi bittadan (jami 14 ta) umumiy oʻrta taʼlim muassasasida 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun tajriba-sinov tariqasida pedagogik sinflar tashkil etildi.
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida xorijiy tashkilotlardan jami 98.000 AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grandlar jalb etildi.