Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining “УчимЗнаем” gospital maktab loyihasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida xalqaro seminar tashkil etildi.
Seminar kasbiy rivojlantirish amaliyot dasturi asosida “Tibbiyot muassasalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “УчимЗнаем” loyihasi rahbari Sergey Sharikov, loyiha yetakchi mutaxassisi Artyom Filatov, “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi direktori Nigora Alimova o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, uzoq muddatli davolanishdagi bolalar taʼlimini tashkil qilishga doir masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.