“Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi asosida oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda

16-dekabr 2024-yil
image

Joriy yilning 16-17-dekabr kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Pedagogik mahorat markazlari hamda amaliyotchilardan iborat 28 nafar master-trener uchun oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Oʻquv-amaliy seminar maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor oʻrinbosarlari va pedagoglari malakasini oshirishning “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarining oʻquv dasturiga hamda “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan qoʻllanma asosida o‘tkaziladi.

Mazkur oʻquv-amaliy seminarlar pedagoglarning metodik koʻnikmalarini oshirish, innovatsion taʼlim uslublarini joriy etish, malaka va tajriba almashish hamda taʼlim sifatini yaxshilashga koʻmak beradi. 

Shuningdek, treninglar maktabgacha taʼlim muassasalaridagi pedagoglar bilimlarini yangilab, metodik yondashuvlarni qoʻllash va taʼlim jarayonini samarali tashkil etishda yordam beradi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu