OAV vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi

14-dekabr 2024-yil
image

Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga press-tur tashkil etildi. Tadbirda OAV xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, viloyatning Qibray tumanidagi maktabgacha ta’lim tizimi doirasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Press-tur avvalida "Namuna baby" xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Mazkur xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2023-yilda faoliyatini boshlagan. Muassasa 150 o‘rinli bo‘lib, ayni vaqtda maskanda 150 nafar bola ta’lim-tarbiya olib bormoqda.

Tadbir davomida OAV xodimlari 20-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda YATT Latipova Mavluda  Xaitbayevna  oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufida 2332 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, unda 168 034 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. 

Shundan 588 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lsa, 1744 tasi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri keladi. Shundan 137 tasi xususiy nodavlat, 47 tasi davlat xususiy sherikchilik tartibida qurilgan va 1559 tasi oilaviy bog‘chalardir.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu