Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. Tadbirda vazirlik masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida vazirlik masʼullari tomonidan sohada korrupsiyaga oid qonun buzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar haqida hisobot berildi.
Xususan, 2023-2024-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturida vazirlikka yuklatilgan tadbirlar ijrosi, shuningdek, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi boʻyicha toʻliq axborot taqdim etildi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp duch keladigan vazifa va funksiyalar ham maxsus elektron platformaga (https://e-anticor.uz/admin) kiritilgan, aniqlangan va baholangan. Shuningdek, bugungi kunda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish maqsadida tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlar asosida 6 ta taʼlim xizmatlari elektron platforma (my.maktab.uz) orqali amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 28-oktabridagi 350-sonli buyrugʻiga asosan 1-noyabridan 1-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkazildi. Shu bilan birga Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari va muassasalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida koʻplab tadbirlar amalga oshirildi.
Tadbir soʻnggida ommaviy axborot vositalari xodimlarining barcha savollariga masʼullar tomonidan batafsil javob berildi.