QUVAYT ELCHISI O‘ZBEKISTONDA TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLARNI YUKSAK BAHOLADI

14-mart 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Quvayt davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi janob Ahmad Holid al-Jiyron bilan uchrashdi.

Uchrashuvda vazir Quvayt davlati elchixonasining O‘zbekistonda xalq taʼlimini rivojlantirish siyosatiga befarq emasligidan mamnunligini izhor etdi hamda xalq taʼlimida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Ahmad Holid al-Jiyron O‘zbekistonda taʼlimga bo‘lgan eʼtiborning yuqori darajada ekanligini taʼkidlab, O‘zbekistonda taʼlimni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

Elchi ushbu uchrashuvdan asosiy maqsadi ikki mamlakat taʼlim tizimida uzviy hamkorlik aloqalarini bog‘lash uchun mustahkam ko‘prik bo‘lish istagida ekanligini taʼkidladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu