Jahon bankining "Institutsional salohiyatni oshirish ko‘magida O‘zbekistonda davlat sektorida buxgalteriya hisobini takomillashtirish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tartib-qoidalarini ishlab chiqish, amaliyotga joriy qilish va davlat sektorida sinovdan o‘tkazish" loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas'ullari ishtirok etdi.
Muloqot doirasida moliyaviy hisobot shaklllarida aks etuvchi buxgalteriya birlamchi hujjatlarining aylanmasi hamda mazkur hujjatlarning boshqa dasturlar bilan integrasiyasi haqida so'z bordi.