Har bir tuman(shahar)dagi bitta maktab negizida “Jasorat maktabi” tashkil etiladi 

19-noyabr 2024-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

➖ umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va  CHQBT rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi;

2025-yil 1-iyundan:

➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi “Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari – harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari” lavozimi tugatilib, ushbu shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi. Mazkur shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi;

➖ CHQBT rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiya toʻlanadi;

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

➖ har bir yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari uchun 1 (bir) shtat birligi CHQBT rahbari lavozimi qoʻshib boriladi;

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

➖ respublikadagi har bir tuman (shahar)dagi bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va ushbu maktablarda matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet-tili, fizika kabi ixtisoslik fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Oʻquvchilarni saralash beshinchi sinfdan boshlab amalga oshiriladi;

➖ “Jasorat maktab”lariga biriktiriladigan CHQBT rahbariga umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi belgilanadi, shuningdek tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, ustama haq, qoʻshimcha toʻlov, ragʻbatlantirish va moddiy yordam koʻrsatish shartlari ham tatbiq etiladi;

➖ Harbiy poligonlarda oʻquvchilar oʻquv yili davomida ikki marta, harbiy qismlarda har chorakda bir marta amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;

Qarorning toʻliq matni

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu