Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Tеmur Komilov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatidagi ta'lim tashkilotlarida mavjud muammolarni o‘rganmoqda.
O‘rganish davomida Karmana tumanidagi 6-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, 14-maktab hamda tumanning 4 ta mahallasida yangidan bunyod etilayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, 14-maktabda qo‘shimcha binoning qurilish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, tumandagi 21-maktabda bo‘lib o‘tgan pedagoglar bilan muloqotda muammolar va takliflar eshitildi.
Vazirlik ishchi guruhi ta'lim tashkilotlari muammolarini o‘rganishda davom etmoqda.