Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi qizgʻin pallaga kirdi

22-oktabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 11-oktabrdagi tegishli buyrugʻiga asosan, joriy yilning 21-25-oktabr kunlari umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi oʻtkazilmoqda.

Asosiy olimpiada maktablarning 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida quyidagi fanlar oʻrtasida tashkil etiladi:

➖ Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti — (21-oktabrda boʻlib oʻtdi);
➖ Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari — (bugun boʻlib oʻtmoqda);
➖ Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili — 23-oktabr;
➖ Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari — 24-oktabr;
➖ Matematika, Ona tili va adabiyoti, Oʻzbek tili — 25-oktabr.

Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichiga Respublika boʻyicha 450 ming nafardan ortiq oʻquvchilar qamrab olingan. Bellashuv ishtirokchilariga 30 tadan test topshiriqlari beriladi hamda ularni bajarish uchun 90 daqiqa ajratiladi. Test natijalarining eng yuqori koʻrsatkichi — 50 ball.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu