“Zakovat” turnirining Respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi

20-oktabr 2024-yil
image

Umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi. 

Mazkur jamoa a’zolarining har biri maxsus diplom, tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari hamda noutbuklar bilan taqdirlandi.

Gʻolib jamoa a’zolari qo‘shimcha ravishda respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinish va bir o‘quv yili davomida quyidagi miqdorlarda stipendiyalar bilan taqdirlanish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi: 

1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari; 

2-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari; 

3-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. 

Maktablardagi "Zakovat" klublarining faoliyati eng yaxshi, deb topilgan 30 nafar koordinatorlari planshet bilan taqdirlandi. 

Shuningdek, amaldagi tartibga ko‘ra, Respublikadagi barcha maktablar "Zakovat" klublari koordinatorlari Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bir marta moddiy rag‘batlantiriladi.

Eslatib o'tamiz, “Zakovat” intellektual o'yinining saralash bosqichlarida 100 mingdan ortiq bilimdon o'quvchilar bilimini sinovdan o'tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin - Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidagi 7-maktab,

2-o‘rin - Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 39-IDUM,

3-o‘ringa - Xorazm viloyati, Bog’ot tumanidagi 92-son IMI munosib deb topildi.

G’olib jamoalarni ulkan yutuq bilan muborakbod etamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu