Jan Tirol Toshkentning tarixiy va madaniy maskanlarida boʻldi

13-oktabr 2024-yil
image

Joriy yilning 14-16-oktabr kunlari o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo universitetlari forumi ishtirokchisi, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol Oʻzbekistonga kelganligini xabar bergan edik. 

U bugun Toshkentning diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirdi. Xususan, poytaxtning Eski shahar qismida joylashgan Chorsu bozori va sharq me’morchiligi va madaniyati namunasi bo‘lgan Hazrati Imom majmuasida boʻldi. 

Jan Tirol ushbu tarixiy maskanlarni ko‘rib, o‘zbek xalqining buyuk o‘tmishi va madaniyati namunalari unda katta taassurot qoldirganligini ta’kidlab o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu