Vazir o‘rinbosari Buxorodagi maktablar faoliyatini o‘rgandi 

10-oktabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Buxoro viloyatidagi taʼlim muassasalari faoliyatini o‘rgandi. 

Jumladan, olis Qorako‘l, Jondor va Buxoro tumanidagi ixtisoslashtirilgan hamda umumtaʼlim maktablarida bo‘lib, o‘quvchilarning sifatli bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoit, o‘quv jarayoni, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Vazir o‘rinbosari Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida ham bo‘ldi. Markazda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Davlatimiz rahbarining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan  bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Bu borada o‘zining tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi. 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu